Toshkent aeroportida kapsulali mehmonxona ochildi
Toshkent aeroportining jo‘nab ketish terminalida kapsulali mehmonxona o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmonxona jo‘nab ketish terminalining kutish zalida, “Art Bazar” majmuasining chap tomonida joylashgan.Qayd etilishicha, mehmonxonada ikki qavatda 24 ta kichik-xonalar mavjud. Shuningdek, birinchi qavatda yuvinish va xojatxona, ro‘yxatga olish peshtaxtasi va ma'lumot tablosi bo'ladi, har bir xonada esa individual bortga taklif qilish tizimi mavjud.
“Xonalar to'liq o'lchamli bir kishilik yotoq va minimal jihozlar — chiroq, oyna, kiyim ilgich, qo'l yuki uchun javon, stol bilan jihozlangan kichik shinam kabinalar kabi qurilgan. Mehmonxonaning mohiyati shundaki, yo‘lovchi transfer paytida aeroportdan chiqmasdan yoki tranzit zonasini tark etmasdan bu yerda bir necha soat qolishi mumkin”, — deyiladi kompaniya matbuot xizmatida.
E-auksion.uz elektron platformasidagi savdolar orqali umumiy maydoni 240 kv.m boʻlgan mehmonxona xususiy kompaniya boshqaruviga oʻtkazilgan va "Khamsa Hotel" brendi ostida faoliyat yuritadi.
Operator tomonidan belgilangan mehmonxonadan foydalanish tariflari foydalanish muddati va xona klassiga qarab 30 dan 150 dollargacha bo‘ladi: 24 ta xonadan 23 tasi standart, 1 tasi lyuks xona bo‘lib, oilaviy yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan.
Ta'kidlanishicha, mehmonxona sharqona uslubda taniqli mahalliy rassom Bobur Ismoilov tomonidan yaratilgan.