Andijonda 1 tup ko‘chat qariyb 700 mln so‘mga sotib olingani rostmi?

Andijonda 1 tup ko‘chat qariyb 700 mln so‘mga sotib olingani rostmi?
Deputat Jahongir Jiyanov “Soyadagi siyosatchilar” Telegram kanalida Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan dekorativ o‘simliklar qalamchalari “Cherenki dekorativnix rasteniy” ko‘chatlarining 1 donasini salkam 700 million so‘mdan sotib olingani haqida xabar bergan edi.
Unga ko‘ra, Dekorativ o‘simliklar qalamchalari “Cherenki dekorativnix rasteniy” ko‘chatlarining 1 donasi 598 million 700 ming so‘mdan “YTT Taxirov Abdulvoxid Vasilovich”dan sotib olingan.
Dekorativ o‘simliklar qalamchalari “Cherenki dekorativnix rasteniy” ko‘chatlarining 1 donasi 698 million 650 ming so‘mdan “YTT Nasirdinova Muxayyoxon Odiljon qizi”dan sotib olingan.
Dekorativ o‘simliklar qalamchalari “Cherenki dekorativnix rasteniy” ko‘chatlarining 1 (bir) donasi 698 million 700 ming so‘mdan “Gullar va landshaft” MCHJdan sotib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan manzarali va igna bargli daraxtlar hamda mavsumiy gullar sotib olish maqsadida davlat xaridlari elektron tizimi orqali (etender.uzex.uz) ochiq tanlov e’lon qilingan. Tanlovda g‘olib deb topilgan “YTT Taxirov Abdulvoxid” hamda “Gullar landshaft” MCHJlar bilan shartnoma tuzilgan.

“YTT Taxirov Abdulvoxid” hamda “Gullar landshaft” MCHJ tomonidan 1 milliard 996 million 50 ming so‘mlik 83 xil turdagi jami 5 ming 235 ta manzarali va igna bargli daraxtlar hamda mavsumiy gullar yetkazib berilgan.
Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ushbu yetkazib berilgan manzarali va igna bargli daraxtlar hamda mavsumiy gullar shaharning markaziy ko‘chalari, maydonlarga ekilgan.

Andijon shahar hokimligi deputat Jahongir Jiyanov sanab o‘tgan “YTT Nasirdinova Muxayyoxon Odiljon qizi”dan 698 million so‘mlik xarid haqida va 2023-yil yakunlari bo‘yicha deputatlik so‘roviga javob tariqasida berilgan ma’lumotda “Cherenki dekorativnix rasteniy” ko‘chatlari to‘g‘risida hech narsa aytilmagani yuzasidan tushuntirish bermagan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-