O‘zbekistonda chet elda ishlab chiqarilgan pivo va vinolarni reklama qilishga 2025-yildan ruxsat beriladi
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Ushbu qonun Oliy Majlis Senatining qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilib, ma’qullangandi.
Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga asosan chet elda ishlab chiqarilgan pivoni, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilish yuzasidan cheklov bekor qilinib, bu bilan bozorda raqobat muhitini yuzaga kelishiga zamin yaratilmoqda.
2022-yil iyun oyida qabul qilingan qonunning amaldagi tahriri faqat mahalliy ishlab chiqarilgan vino va pivo reklamasiga ruxsat beradi. Bu mehmonxonalarda, spirtli ichimliklar do‘konlarida, umumiy ovqatlanish korxonalarida, poyezdlar va samolyotlarda, shuningdek, tungi vaqtda televizor va radio orqali amalga oshirilishi mumkin.