Toshkentga 3 tonna iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti olib ketayotgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi
Toshkentga uch tonna iste’molga yaroqsiz tovuq go‘shti olib ketayotgan yuk mashinasi to‘xtatib qolinganini O‘zA axborot agentligi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Buxoro—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi “Samarqand” YPX maskanida to‘xtatilganda unda iste’mol mahsulotlarini tashish qoidalariga zid holda tashib kelinayotgan 3 tonna tovuq go‘shti borligi ma’lum bo‘ldi.
Mahsulot tekshirish uchun laboratoriyaga jo‘natilganda tovuq go‘shtlarining iste’molga yaroqsizligi aniqlangan. Mazkur iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti sotish uchun Toshkent shahriga olib borilayotgan edi.