O‘zbekistonda ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun dastlab ogohlantirish beriladi
O‘zbekistonda endi yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun dastlab ogohlantirish beriladi. 4-fevralda imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish jazosi qo‘llanilishi belgilandi. Ma’muriy ogohlantirish huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdir.
Ma’muriy ogohlantirish kodeks quyidagi moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanadi:
125-moddaning 1 va 2- qismlari:
haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek, mototsikl va mopedlar haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi,
haydovchilarning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi boʻlgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha bilan jihozlanmagan, oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida toʻxtaganini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, xuddi shuningdek, ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek, shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarini boshqarishi;
128-1-modda — transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno);
128-2-modda — transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida transport vositasi salonining old qismiga oʻrnatilgan monitordan (displeydan) foydalanish;
128-6-modda — transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi;
135-1-modda — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablarini buzish;
138-modda 1- va 2-qismlari:
piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ularning yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtishi, piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan, piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek, eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxslarning hamda yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya etmasligi,
haydovchilarga har xil xizmat koʻrsatish maqsadida yoʻlning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yoʻllarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish.
Bunda shaxs o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganda, shuningdek, kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari bo‘lmaganda, ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga vakolatli organ tomonidan qo‘llaniladi.Ma’muriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qo‘llanadi. Ma’muriy ogohlantirish ayni bir shaxsga nisbatan 1 yil davomida 1 martadan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas