Buxorodagi maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar savdosi qachon to‘xtaydi?
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning alohida sanitariya qoidalari va normalari mavjud.
Unga ko‘ra, maktablar hududida bolalar salomatligiga salbiy ta’sir etadigan, tez tayyor bo‘ladigan taomlarni tayyorlash, ayrim turdagi mahsulotlarni sotish mumkin emas.
Ijodiy jamoamiz bilan Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi oshxonasida bo‘lganimizda esa buning aksini ko‘rdik.
Ushbu maktab oshxonasida sotilishi taqiqlangan mahsulotlarning 5 turi, tayyorlanishi taqiqlangan, tez tayyor bo‘ladigan yemaklardan esa Hot-dog o‘quvchilarga yetkazib berilayotganiga guvoh bo‘ldik.
Maktab oshxonasida faoliyat yuritayotgan xodimlar esa sanitariya- gigiyena talabalariga rioya etmayapti.
Shuningdek tumandagi 5- umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lganimizda ham tayyorlanishi taqiqlangan ayrim mahsulotlar maktab oshxonasida mavjud ekanligiga amin bo‘ldik. Boz ustiga o‘qituvchilarning qo'l yuvishi uchun mo‘ljallangan rakovinalardan suv kelmaydi.
O‘rganish jarayonida bizga hamrohlik qilgan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tomonidan oradan bir necha kun o‘tgan bo‘lsada holatning bartaraf etilgani yoki shu ahvolda qolganligi to‘g‘risida biror xabar berilmadi.