Navoiydagi maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar savdosi qachon to‘xtaydi?

Navoiydagi maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar savdosi qachon to‘xtaydi?
Bugungi kundagi Respublikamizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining aksariyatida 3 tomonlama shartnoma asosida tadbirkorlik subyektlari belgilangan tartibda oshxona yoki chakana savdo faoliyatini amalga oshirmoqda. Ushbu faoliyatga esa qo‘yilgan qator talablar bor.
Xususan, maktab oshxonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga tez tayyor bo‘ladigan taomlarni tayyorlash va sotish,  gazli ichimliklar, qurt, pista, chips, xrustyashka, tabiiy kofe, kremli qandolat mahsulotlari kabilarni sotishga ruxsat berilmagan.
Ammo jamoamiz bilan Navoiy viloyati Xatirchi tumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamrohligida o‘rganish ishlarini olib borganimizda tumandagi 24- maktabda sotilishi taqiqlangan mahsulotlarning o‘quvchilarga yetkazib berilayotganiga guvoh bo‘ldik.
Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimining so‘zlariga ko‘ra, u tadbirkor va maktab direktoriga bu borada tegishli tavsiya va tushunchalarni og‘zaki va yozma ravishda bergan. Shunga qaramay siz suratda ko‘rib turgan mahsulotlar sotilayotganligi aniqlandi.
Bundan tashqari oshxonaning umumiy holati ham ayanchli ahvolda. 
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, biz kimningdir tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish niyatidan yiroqmiz.
Biroq, o‘sib kelayotgan kelajak avlod salomatligiga barchamiz birdek mas’ulmiz.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-