25 nafar talabgor milliy sertifikat imtihonidan chetlatildi

25 nafar talabgor milliy sertifikat imtihonidan chetlatildi
2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonida 25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatilgan. Bu haqida Ta’lim nazorati rasmiy kanali xabar berdi.
Mazkur raqam boshqa imtihonlardagi qoidabuzarliklar sonidan anchagina ko‘p bo‘lib, ularning barchasi telefon va aloqa vositalari bilan bog‘liq. Jumladan:
- 12 nafar talabgor imtihon o‘tkaziladigan binoga telefon yoki aloqa vositalarini olib kirishga uringani uchun;
- 13 nafar talabgor imtihon vaqtida telefon yoki aloqa vositalaridan foydalangani uchun chetlatilgan.
Turli qing‘ir yo‘llar bilan sertifikatga ega bo‘lishni emas, balki imtihonlarga puxta tayyorlangan holda o‘z bilimingiz bilan sertifikat olishni maqsad qiling.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-