Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar talabalari o‘qishi ko‘chirildi

Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar talabalari o‘qishi ko‘chirildi
Namangan xalqaro universitetining 6041 nafar va Urganch shahridagi Binari universitetining 173 nafar talabasining arizasiga ko‘ra, tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarning ro‘yxatlari tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga yo‘llandi.
Talabalar o‘z tanlovlariga ko‘ra, ariza topshirgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida 11-mart sanasidan o‘qishlarini rasman boshlashlari mumkin.
Tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga talabalarning o‘qishini belgilangan tartibda boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot uchun, avvalroq “Valley innovative university”ning talabalari ham tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga o‘tkazilgan edi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-