Navoiyda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilgan?
So‘nggi yillarda barcha sohalar kabi maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa jajji bolajonlarning manan, ruhan va jismonan sog‘lom avlod bo‘lib voyaga yetishida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni beqiyos. Bog‘chalarda tashkil etilgan turli xildagi mashg‘ulot va to‘garaklar esa yosh avlodning nutqi, aqliy va ijodiy rivojlanishida samarali xizmat qilib kelmoqda.
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 3-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bugun mental arifmetika, tasviriy san’at, raqs, musiqa kabi qator to‘garaklar faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilgan.Mashg‘ulotlar xonasida bo'lganimizda xonalar yangidan jihozlanib, bolalarning erkin shug‘ullanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani va yangi innovatsion usullar orqali tarbiyalanuvchilarning intellektual salohiyatini shakllantirishga alohida ahamiyat berilayotganiga guvoh bo‘ldik.178 nafar kichkintoyni o‘z bag'riga olgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 16 nafar tarbiyachi ta’lim, tarbiya berib kelmoqda.Bog‘chada nafaqat bolalarning dastlabki bilimlarni olishiga, balki sog‘lom ovqatlanishiga ham alohida e’tibor qaratilgan.