Oʻzbekistonda hay-tek uslubidagi ilk masjid foydalanishga topshirildi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi “Hasanxon qori” jome masjidi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.
Masjid noanʼanaviy yaʼni, hay-tek uslubida qurilgan Oʻzbekistondagi ilk zamonaviy masjid hisoblanadi.
Masjidning qurilishi 2021-yilda boshlangan boʻlib, saxovatpesha insonlar hamkorligida hashar yoʻli bilan bitkazilgan. Najmiddin Hasanov masjidning imomi etib tayinlandi.Masjidning avvalgi binosi eski, tor, kirib-chiqishda koʻplab noqulayliklar namozxonlarga qiyinchilik tugʻdirardi.
Yangidan qad rostlagan masjidda esa bu kamchiliklar bartaraf etildi. U bir vaqtning 4 ming nafar namozxonni oʻz ichiga sigʻdira oladi. Bino ichida maʼmuriyat, kutubxona kabi zarur xonalar, mahalliy hamda xorijlik turist ayollar uchun tahoratxona va namozxona tashkil etilgan.