Qanday mukofotlar pedagoglarning malaka toifasini oshirishga imkon beradi?

Qanday mukofotlar pedagoglarning malaka toifasini oshirishga imkon beradi?
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga koʻra, quyidagi pedagog kadrlarining malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻonaga oshiriladi: 
 Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;
 
“Ustoz” milliy mukofoti gʻoliblari; 
Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari; 
respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va koʻrik-tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar. 
Eslatma: Pedagog kadrlarning malaka toifasini (lavozimini) bir pogʻonaga oshirishda mazkur Nizom kuchga kirgandan keyingi erishilgan natijalar inobatga olinadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-