Fan olimpiadalari g‘oliblariga beriladigan mukofotlar daromad solig‘idan ozod etiladi

Fan olimpiadalari g‘oliblariga beriladigan mukofotlar daromad solig‘idan ozod etiladi
“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2025 yil 1 yanvardan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag‘batlantirish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.
Qolaversa, 2025 yil 1 dekabrgacha xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, onlayn fan olimpiadalarini tashkil qilish va o‘tkazish imkonini beruvchi elektron platforma yaratiladi. Unda, shu bilan birga, olimpiadalar ishtirokchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish mumkin bo‘ladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-