Samarqandda fuqaro qabristondagi tulki uyasini kovlab, bolalarini olgani aniqlandi
Samarqand viloyatida fuqaro qabristonda tulki uyasini kovlab, bolalarini olgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlik faoliyatini olib boradigan fuqaro o‘zining sahifasiga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan kapcha ilon, hind boygasi iloni, dasht qora iloni, bo‘z echkemari hamda tulki bolalariga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan videolarini yuklagan. Holat Samarqand tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, Samarqand tumani, “O‘rta Turkman” MFYda yashovchi fuqaro E.Sh. bu holatlar 2020-yilda do‘stlari bilan tog‘ sayriga chiqqanida bo‘lganini aytgan. Ular mahalliy ilonni tutib olgan va yana qaytib qo‘yib yuborgan.
Shuningdek, uyining orqa qismida joylashgan qishloq qabristonidagi tulki uyasini kovlab bolalarini olgani va aholi yashash manzilidan olisroqqa olib borib, qo‘yib yuborganini aytgan. Bunga sabab qilib uyidagi parrandalarni yeb ketayotgani ko‘rsatilgan.
Mazkur fuqaroga nisbatan qonun talablariga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortildi. Shuningdek, bu kabi holatlar qonunga zid ekani tushuntirilgan.