Sirdaryoda 21 tup daraxt kesganlar 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Sirdaryoda 21 tup daraxt kesganlar 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida daraxtlarni noqonuniy kesgan va sotgan 3 kishiga hukm o‘qildi.
“B.X.” fermer xo‘jaligi rahbari M.A. ikki tanishi bilan 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oylarida o‘ziga qarashli bo‘lgan dala maydoni chetida ko‘karib turgan jami 21 tup qayrag‘och daraxtini qonunga xilof ravishda kesgan va sotib yuborgan. Buning oqibatida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Sud qarori bilan 3 kishiga mazkur zararning undirilishi belgilandi. Shuningdek, har bir sudlanuvchiga 2 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-