Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan ilonni sotmoqchi bo‘lgan shaxs jarimaga tortildi

Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan ilonni sotmoqchi bo‘lgan shaxs jarimaga tortildi
Ijtimioy tarmoqlarda Buxoro viloyatida qum bo‘g‘ma iloni sotilishi bilan bog‘liq eʼlon tarqaldi. Maʼsullar ushbu xabar qay darajada to‘g‘ri ekanligini tekshirish maqsadida boshqacha yo‘l tutishdi.
Inspektorlar murojaatda ko‘rsatilgan telefon raqamga mijoz sifatida qo‘ng‘iroq qilib, ilon sotiladigan joyga borishgan. U yerga yetib borishganda, haqiqatdan ham Qizil kitobga kiritilgan qum bo‘g‘ma ilon ekanligini aniqlangan.
Fuqaro ilonni katta mablag‘ga sotmoqchi bo‘lgan. Holat yuzasidan unga nisbatan Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddalari bilan 1 million 700 ming so‘m jarima qo‘llanildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-