Toshkent viloyatida yigit 2 dona tog‘ lolasini uzgani uchun jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida yigit 2 dona tog‘ lolasini uzgani uchun jarimaga tortildi
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan.
Aytilishicha, Ohangaron tumani “Chetsuv” MFY tog‘li hududida fuqaro I.E. Qizil kitobga kiritilgan 2 dona tog‘ lolasini uzib, tabiatga zarar yetkazgan.
“Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 1 mln 700 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar chorasi qo‘llanildi”, deya xabar bermoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-