Milliy sertifikati bor pedagoglarga ham toʻgʻridan-toʻgʻri toifa beriladimi?

Milliy sertifikati bor pedagoglarga ham toʻgʻridan-toʻgʻri toifa beriladimi?
Savol! Men boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisiman. Yaqinda ona tili va adabiyot fanidan A darajadagi milliy sertifikat oldim. Endi toʻgʻridan-toʻgʻri toifa olish uchun imtiyoz degan joyiga milliy sertifikatimni joylab murojaat yuborsam boʻladimi?
Javob! Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga, shuningdek, yuqori sinf oʻqituvchilariga ham toifa berishda milliy sertifikatlar uchun imtiyoz berilmaydi. 
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish to’g’risidagi nizomning 36-bandida:
 
“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind)* tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi”, –  deyilgan. 
C1 yoki unga tenglashtirilgan milliy yoki xalqaro sertifikatlar uchun faqat shu fanlarga va faqat majburiy attestatsiyada imtiyoz beriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-