O‘quvchilarni maktabdan maktabga ko‘chirish vaqtincha to‘xtaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 iyundagi 295-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Ma’muriy reglament asosida amalga oshiriladigan o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish xizmatlari 2025 yilning 26 mayidan 31 iyuligacha vaqtincha to‘xtatiladi.
Bu davrda elektron platforma — erp.maktab.uz orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda o‘quvchilarni sinfdan-sinfga o‘tkazish ishlari olib boriladi.
O‘quvchilarni boshqa maktabga ko‘chirish xizmati 2025 yil 1 avgustdan qayta yo‘lga qo‘yiladi.