Qandli diabet bilan kasallanganlar uchun sun’iy oshqozon osti bezi yaratildi
Buyuk Britaniya qandli diabetga chalingan minglab bolalar va kattalarga "sun’iy oshqozon osti bezi" taklif qiladigan dunyodagi birinchi tashabbus boshlanganini ma’lum qildi.
Ushbu qurilma haqiqiy oshqozon osti bezining ishlashini imitatsiya qiladi. U teri ostiga o‘rnatiladigan va insulin pompasiga ulangan datchikka asoslangan.
Ushbu datchik doimiy ravishda qondagi qand miqdorini o‘lchaydi va ma’lumotlarni bemorga to‘g‘ri miqdorda insulin yetkazib beradigan pompaga yuboradi. Shuningdek, tizim mobil ilova yordamida qondagi qand miqdorini nazorat qilish imkonini beradi.
Qurilma qondagi glyukoza darajasini doimiy ravishda o‘lchash va insulinni kiritish zaruratini yo‘qotib, bemorlarning hayotini sezilarli darajada osonlashtirishi ko‘zda tutilmoqda.