Kanadalik olimlar qandli diabet kasalligini ovoz orqali aniqlovchi dastur yaratdi.
Mexanizmning ishlash tamoyili oddiy. Bir kishi ma’lum davr oralig‘ida bir xil iborani takrorlab, o‘z tovushini yozib oladi. Shundan so‘ng audiodagi individual fiziologik parametrlar sun’iy intellekt tomonidan tahlil qilinadi.
Ushbu tadqiqot uchun Amerika diabet assosiatsiyasi ko‘rsatmalariga muvofiq, jami 267 nafar kishi — qandli diabetga chalinmagan 79 ayol va 113 erkak hamda ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan 18 ayol hamda 57 erkak jalb qilindi.
Ishtirokchilar 2 hafta davomida kuniga 6 marotabadan ma’lum bir iborani talaffuz qilib, o‘z smartfonlariga yozib oldi. Natijada 18 ming 465 ta audioyozuv paydo bo‘ldi.
Sun’iy intellektning bu boradagi imkoniyatlarini baholagan tadqiqotchilar sog‘lom va bemor insonlarning ovoz parametrlari bir-biridan keskin farqlanishini aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu jarayonda 14 ta akustik xususiyat bemorning qandli diabetga chalinganini ifodalaydi.
Mutaxassislar fikricha, yangi dasturning ovoz orqali kasallikka tashxis qo‘yish aniqligi erkaklarda 89 foiz, ayollarda esa 86 foizni tashkil etmoqda.