Sankt- Peterburgda 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz 23 yoshli vatandoshi tomonidan zo‘rlandi

Sankt- Peterburgda 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz 23 yoshli vatandoshi tomonidan zo‘rlandi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnoselskiy tumanida 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz 23 yoshli hamyurti tomonidan zo‘rlandi, deya xabar qilmoqda “Fontanka” nashri.
Qayd etilishicha, 2023-yilning iyul oyida shaharning Janubiy Primorskiy bog‘i yaqinida 13 yoshli qizga tanish yigit uni zo‘rlagan. Dastlab qiz bo‘lgan voqea haqida hech kimga aytmagan. Ammo keyinchalik qizning 3 oylik homilador ekani oshkor bo‘lgach, ota-onasi uni shifokor ko‘rigiga olib borgan.
U yerda qiz o‘ziga tanish yigit uning nomusini toptagani haqida aytib bergan. Unga ko‘ra, mazkur voqea qizning oilasi yashaydigan Marshal Zaxarov ko‘chasidagi uy yaqinida sodir bo‘lgani aniqlangan.
Qizning otasi holat bo‘yicha politsiyaga xabar berganidan so‘ng, gumonlanuvchi yigit Moskvaning Pskovskaya ko‘chasida ushlangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-