Xitoy dunyodagi eng tez internetni ishga tushirdi

Xitoy dunyodagi eng tez internetni ishga tushirdi
Xitoy sekundiga 1,2 terabit (1200 gigabit) ma'lumotlarni uzatish tezligi bilan dunyodagi eng tez internetni ishga tushirdi. Loyiha Singxua universiteti, China Monile aloqa operatori, shuningdek, Huawei Technologies va Cernet korporatsiyasi tomonidan amalga oshirildi.
Pekin, Uxan va Guanchjou bo'ylab rekord darajadagi ma'lumotlarni uzatish tezligiga ega optik tolali internet kabeli yotqizildi. Uning uzunligi uch ming kilometrdan oshadi. Tarmoqning ishga tushirilishi Xitoyning o'n yil davomida ishlab chiqilayotgan Future Internet Technology Infratuzilmasining (FITI) bir qismi edi.
Bungacha ekspertlar shunga o'xshash ma'lumotlarni uzatish tezligiga ega tarmoq ishini faqat 2025-yilda boshlash mumkinligini taxmin qilishgan. Huawei Technologies vitse-prezidenti Van Ley 1,2 terabit tezlikda bir soniyada HD formatda 150 ta filmni yuklab olish mumkinligini aytdi. Bu AQShdagi shunga o'xshash loyihalardan uch barobar tezroq.
2021-yil iyul oyida Yaponiyada simli internet tezligi rekordi yangilandi. Muhandislar ma'lumotlar uzatish tezligini soniyasiga 319 terabitgacha tezlashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Avvalgi rekord 2020-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda mutaxassislar sekundiga 178 terabit tezlikka erishgan edi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-