Poyezdda kimlar bepul yurishi mumkin?

Poyezdda kimlar bepul yurishi mumkin?
Poyezdda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagi shaxslarga beriladi:

- Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;
- yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
- Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironligi bo‘lgan shaxslarga.
- 3-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar esa yiliga bir marta (borish va kelishga) poyezd chiptasini 50 foizli chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.
- Imtiyozli chipta olish uchun kassaga chegirma olish huquqini beruvchi: “Urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs guvohnomasi”, “Urush qatnashchisi guvohnomasi” yoki “Imtiyozga huquqi to‘g‘risida guvohnoma” hujjatlardan biri berilishi kerak.
“Faxriy temiryo‘lchi” nishoni bilan taqdirlangan xodimlar yil mobaynida MDH bo‘ylab bepul yurish huquqiga (borish va kelishga) ega. 
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-