Xorazmga kirish uchun viza tizimi joriy qilinadi
Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Xorazmni asosiy drayveridan biri bo‘lgan turizmni rivojlantirish bo‘yicha 3 yillik dastur qabul qilinishini aytdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tushumi 3 yil davomida Xorazmning o‘zida qoldiriladi. Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi.
Shu bilan birga, qator tumanlarda mehmonxonalar yetishmasligi qayd etildi. Endilikda mehmonxona va dam olish maskanlarini qurish, mavjud o‘rinlarni ko‘paytirish uchun 7 yilga 2 yil imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada kreditlar beriladi.