Toshkent shahri Chilonzor tumanida 6 yoshli qizchani zo‘rlagan erkakka hukm o‘qildi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 6 yoshli qizchani zo‘rlagan erkakka hukm o‘qildi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 6 yoshli qizchani zo‘rlagan erkakka hukm o‘qildi. Bolalar ombudsmani bu haqda maʼlum qildi.
Sud mazkur og‘ir jinoyatni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda ishdagi dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchini aybli deb topdi hamda unga amaldagi qonun doirasidagi qatʼiy jazo chorasi – 16 yil ozodlikdan mahrum qilish (qattiq tartibdagi koloniyalarda o‘tash) jazosini tayinladi.
“Eʼtiborlisi, bunday toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan mazkur hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mahkumga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va u jazoni to‘liq o‘taydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-