Navoiy viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi

Navoiy viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi
       Joriy yilning 8 yanvar kuni Navoiy viloyati huquq tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi “T.B.” boshqa bir fuqaroni ushbu texnikumdagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.
        Mazkur holat yuzasidan shu yilning 10 yanvar kuni IJQK Departamenti Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-