Fermer va dehqonlarga texnika xaridi uchun 10 yilga 10 foizlik kreditlar ajratiladi

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda klaster, fermer va dehqonlarning 11 mingga yaqin texnika va agregatlarga talabi mavjudligi qayd etildi.
Shu bois, 1-apreldan:
- mahalliy ishlab chiqarilgan barcha texnikalar xaridi uchun 15% subsidiya beriladi (hozir faqat Chirchiq klasterida ishlab chiqarilgan texnikalarga tatbiq etiladi);
- import qilingan texnikalar 3 yil muddatga bojxona boji va utilizasiya yig‘imidan ozod qilinadi, ular bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini kechiktirib (9 oy davomida) to‘lashga ruxsat beriladi (ushbu imtiyozlar hozir faqat paxtachilik va chorvachilik texnikalarida bor);
- texnika xaridi uchun 10 yil muddatga 10 foizlik kreditlar ajratiladi.