1 mlrd so‘mlik tilla buyumni bojxona nazoratisiz olib o‘tmoqchi bo‘lgan jinoyatchilarga hukm o‘qildi
2023 - yilning 24- iyul kuni “Namangan–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, K.N.ning yonida 1 dona yarim tayyor zanjir holatidagi tilla taqinchoq borligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina ham Pop tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, G‘.O. ga tegishli 29 dona yarim tayyor zanjir ko‘rinishidagi tilla taqinchoqlar borligi aniqlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi tomonidan esa G‘.O. ga nisbatan 3 yil, K.N. ga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.