Pensiya pulidan kommunal to‘lovlar uchun ushlab qolinishi mumkinmi?
Pensiya jamg‘armasi pensiya pulidan kommunal to‘lovlar uchun ushlab qolinishi mumkinligini ma’lum qildi.
Unga koʻra, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 65-moddasiga asosan, pensiyalardan chegirmalar sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida qilinishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, yuqoridagilardan kelib chiqib, pensiya pulidan kommunal to‘lovlar uchun ushlab qolinishi mumkin. Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.