Endi avtomobillarni notarial idoraga bormasdan sotish mumkin

Endi avtomobillarni notarial idoraga bormasdan sotish mumkin
O‘zbekistonda avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, sotuvchi “E-notarius” axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, o‘zining shaxsiga oid ma’lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi. Sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi. Shuningdek, sotuvchi sotib oluvchining  JSHSHIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
sotib oluvchining telefoniga SMS-xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib, Face-ID orqali verifikatsiyadan o‘tadi va roziligini tasdiqlaydi;
avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy  notarius tanlanadi;
notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS-xabarnoma yuboriladi;
belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-