Endi Davlat xizmatlari markazidan "qizil pasport" olish mumkin

Endi Davlat xizmatlari markazidan "qizil pasport" olish mumkin
Mamlakatimizda 2022 yilning 1 yanvaridan aholiga qulaylik yaratish maqsadida joylardagi Davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan. Samarqand viloyatida ham Samarqand shahri hamda Pastdarg‘om tumanidagi Davlat xizmatlari markazlarida mazkur xizmat mavjud edi.
Viloyat adliya boshqarmasining xabariga ko‘ra,  joriy yil boshidan buyon ushbu markazlar orqali 10 mingdan ortiq fuqaro “qizil pasport” olgan.

Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishida yanada qulaylik yaratish maqsadida endi Samarqand viloyatidagi Qo‘shrabot tumani va Kattaqo‘rg‘on shahridagi markazlardan tashqari, barcha tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xizmati ishga tushdi. 
Endilikda fuqarolar nafaqat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida, balki yuqorida qayd etilgan ikki hududdan tashqari istalgan markazga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilib, ushbu qulaylikdan foydalanishi mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-