Kimlar uchun Mo‘ynoq va Zomin aeroportlariga 50 foizlik imtiyoz beriladi?
Prezident Farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan 2026-yil 1-martgacha Mo‘ynoq va Zomin aeroportlariga parvozlar amalga oshirilganda 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun aviayo‘lovchilar chiptalarini sotish 50 foizlik imtiyozli tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi hamda yo‘lovchi tashuvchi kompaniyalarning ushbu imtiyoz taqdim qilish bilan bog‘liq xarajatlari byudjet hisobidan qoplab beriladi.
Bundan tashqari, mehmonxona va turizm xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat aktivlarini savdoga chiqarishda xarid to‘lovlarini, miqdoridan qat’i nazar, 5-yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutiladi hamda 3 oydan ortiq muddat sotilmasdan turgan aktivlarning boshlang‘ich bahosini 30 foizgacha pasaytirish, zarur hollarda, balans (qoldiq) qiymatida sotish choralari ko‘rib boriladi.