Samarqandda 9-sinf o‘quvchisi 6- sinf qizni sevgani uchun “samosud” qilindi

Samarqandda 9-sinf o‘quvchisi 6- sinf qizni sevgani uchun “samosud” qilindi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 16-may kuni Past Darg‘om tumani IIBga 2009-yilda tug‘ilgan B.S. tan jarohati olgani to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida ta’lim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz Q.A.ga sevishini aytgan. So‘ng qizning akasi A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni bolani o‘z uyiga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan.
Shuningdek, A.Q. go‘yoki uning ta’zirini berish maqsadida sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.
Samarqand viloyati IIB voqea yuzasidan 19-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi. Ushbu jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g”,“m” bandiga (qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalandi.
Gumonlanuvchi himoyachi huquqi bilan ta’minlanib, jinoyat-prosessual kodeksining 227-moddasi tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov davomida voyaga yetmagan B.S. ga nisbatan sodir etilgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-