Face ID orqali onlayn xizmat ko‘rsatish imkoniyati kengaytiriladi

Face ID orqali onlayn xizmat ko‘rsatish imkoniyati kengaytiriladi
Face ID orqali onlayn xizmat ko‘rsatish imkoniyati kengaytiriladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Prezident farmoniga ko‘ra Adliya vazirligi tomonidan Personallashtirish agentligining ma’lumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi.
Endilikda, jismoniy shaxslarni masofadan turib Face ID yordamida identifikatsiya qilish orqali onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati yanada kengaydi.
Xususan, notarial harakatlarni onlayn shaklda amalga oshirish, elektron raqamli imzo kalitlarini taqdim etish kabi ahamiyati yuqori bo‘lgan xizmatlarda foydalanib kelinmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan boshqa turdagi davlat xizmatlari va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda ham mazkur texnologiyadan bosqichma-bosqich foydalanish, shuningdek barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga bepul asosda integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-