Gurlan dehqon bozorida ko‘chma do‘konlar haqiqatan ham noqonuniy qurilganmi?

Gurlan dehqon bozorida ko‘chma do‘konlar haqiqatan ham noqonuniy qurilganmi?
YouTubedagi “Eltuz” kanalida Gurlan dehqon bozori haqida eʼlon qilingan material boʻyicha biz ham ijodiy jamoamiz bilan oʻrganish olib bordik. Videoda  Xorazm viloyati Gurlan tumanida joylashgan dehqon bozorining ichki tarafi, atrofi va  tashqarisida haddan ziyod noqonuniy koʻchma doʻkonlar koʻpayib ketgani aks etgan murojaat oʻqib eshittirilgan. Mazkur holatga nisbatan qonun doirasida chora koʻrilmagani, Gurlan tuman hokimi bunga nisbatan hech qanday munosabat bildirmagani ham qoʻshimcha qilingan. Aslida mazkur yerlar sotilib ketdimi, oʻzi bundan kim manfaatdor kabi savollar tugʻilmoqda. Biz ushbu murojaat yuzasidan o'rganish ishlarini bevosita Gurlan dehqon bozoridan olib bordik.
Va bu yerda hech qanday noqonuniy koʻchma doʻkonlar mavjud emasligiga guvoh bo‘ldik. Bu borada hokimlikka yuzlanganimizda ular bizga bozor loyiha hujjatini taqdim etishdi. Hokimlik vakili bozor atrofi va ichidagi yerlar xususiy tadbirkorlarga sotilmagani, bu hikimiyat va bozor maʼmuriyatiga “quruq” tuhmatdan boshqasi emasligini qayd etdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-