Pedagoglar bir vaqtda ikkita taʼlim muassasasida asosiy xodim boʻlib ishlashi mumkinmi?

Pedagoglar bir vaqtda ikkita taʼlim muassasasida asosiy xodim boʻlib ishlashi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 2-bandiga asosan asosiy ish joyi – Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot hisoblansa, oʻrindoshlik asosida ishlash – xodimning oʻzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʻlanadigan ishni bajarishi tushunilishi belgilangan.
 
Agarda xodimning asosiy ish joyi hamda tuzilgan mehnat shartnomasi amalda boʻla turib, u boshqa tashkilotga asosiy boʻlib joylashishi mehnat qonunchiligiga mos kelmaydi. Mehnat kodeksining 182-moddasida ish vaqtining normal muddati olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozimligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, xodim 2 ta joyda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borishi mumkin emas.
 
Agar biror tashkilotga asosiy ishchi xodim boʻlib ishga joylashish uchun, asosiy ish joyidagi mehnat shartnomasini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilib, boshqa tashkilotga ishga joylashishi hamda amalda ishlab turgan joyiga oʻrindoshlik asosida ishga joylashishi mumkin. Shuningdek, bunda ortiqcha toʻlangan ish haqi qaytarib olinadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-