Tarixiy merosimiz faqatgina tijorat uchun xizmat qilmasligi kerak

Tarixiy merosimiz faqatgina tijorat uchun xizmat qilmasligi kerak
Abdullaxon madrasasi – O‘zbekistonning bebaho madaniy yodgorliklaridan  biri bo‘lib, o‘zining tarixiy ahamiyati bilan alohida e'tibor qozonadi. Madrasalar qadimdan ilm va ma'rifat maskanlari sifatida  xizmat qilgan.  Ammo, afsuski, bugungi kunda ayrim madaniy obyektning holati uning asl maqsadidan chetga chiqib ketganini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi bir necha oy ichida tahririyatimizga Abdullaxon madrasasi binosida sartaroshxona va massaj xonasi tashkil etilgani haqidagi xabarlar kela boshladi. Holatni shaxsan o‘zim ham borib ko‘rdim...Haqiqatan, achinarli.
Ma'lumotlarga ko‘ra, me’moriy obida UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan. Va haligacha sayyohlar tashrif buyuradigan diqqatga sazovor joylardan biri.Shunday ekan madrasaning faqat tijoriy maqsadlar yo‘lida xizmat qilishiga chek qo‘yaylik va tarixiy, madaniy merosimizning kelajak avlodga ham o‘z holatida yetib borishiga hissamizni qo‘shaylik.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-