Dekret puli kimlarga 75% kimlarga 100% to‘lanadi?

Dekret puli kimlarga 75% kimlarga 100% to‘lanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezindentining PQ 2699-sonli qaroriga 2018 yil 5 aprelda PF – 5398 sonli farmon asosida kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra: ayol xodimning ishga qabul qilingan kunidan boshlab 12 oygacha ishlab, so‘ng homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsa o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi miqdorida, ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan ortiq vaqt mehnat qilib, keyin homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsa o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, “ayol xodim ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oygacha” jumlasi qo‘llanilgan. Mana shu jumla ayol xodimning umumiy ish stajini emas, aksincha o‘sha tashkilotga ishga kirgan vaqtidan boshlab homiladorlik va tug‘ish ta’tili uchun ish staji hisoblanishini anglatmoqda.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, sizning ishga kirganingizga 12 oy bo‘lmaganligi uchun, sizga o‘rtacha ish haqining 75 foizi miqodirida dekret puli beriladi.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko‘ra o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-