Olmaliqdagi koloniyadan mahkumning o‘ligi chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqdagi 14-sonli koloniyadan mahkumning o‘ligi chiqqani haqida xabar tarqaldi.
Xabarlarga ko‘ra, 21 yoshli mahkum Muhammadqodir Po‘latovning jasadi 15 fevral kuni koloniyadan olib chiqilgan.
Marhumning onasi Nigora Qambarovaning aytishicha, u oxirgi marta o‘g‘lini 26—28 yanvar kunlari uzoq muddatli uchrashuvda ko‘rgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, Muhammadqodir sog‘lom bo‘lgan. U bolaligidan ushu yo‘nalishida sport bilan shug‘ullanib, xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Koloniya ma’muriyatining rasmiy bayonotida aytilishicha, Muhammadqodir 14 fevral kuni miokard infarkti va og‘ir pankreatit oqibatida vafot etgan.
Biroq onasi Nigora Qambarova farzandining jasadida qiynoq izlari, elektroshoker iziga o‘xshash belgilar borligini aytgan.
Shuningdek, u koloniya ma’muriyatining o‘g‘li og‘ir ahvolga tushganida o‘z vaqtida yaqinlariga xabar bermaganidan norozilik bildirgan.