10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga kimlar ega?

10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga kimlar ega?
Pensiya jamg‘armasi 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga kimlar egaligini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasiga asosan, oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagi shaxslar umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi:
Yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar;
bunda, erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.
Yerosti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam bo‘lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to‘liq yil uchun umumiy belgilangan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi. Misol uchun erkaklar 5 yil shu turdagi ishlarda ishlagan bo‘lsa, 55 yoshdan pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘ladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-