Buxoroda 3 ta tuman hokimiga nima uchun hayfsan berildi?
Buxoroda 3 ta tuman hokimiga nima uchun hayfsan berildi?
Buxoroda 3 ta tuman hokimiga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat va qalamchalar ekish ishlarini qoniqarsiz tashkil etgani sabab hayfsan berildi. Bu haqda viloyat hokimining qarori imzolandi. Ta'kidlanishicha, Qorovulbozor tumani hokimi A.Ostonov, Buxoro tumani hokimi X.Jurayev, Peshku tumani hokimi V.Qahhorovga hayfsan jazosi berilgan.Shuningdek, Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Nazarov ham shunday jazolangan.