“Katta Langar Qur’oni” sahifalari Parijdan Toshkentga yetib keldi

“Katta Langar Qur’oni” sahifalari Parijdan Toshkentga yetib keldi
“Katta Langar Qur’oni” sahifalari Parijdan Toshkentga yetib keldi

Xabaringiz bor, o‘tgan 2022 yilning 24 noyabridan 2023 yil 6 martiga qadar Vazirlar Mahkamasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining mas’ulligida Fransiyaning Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazma o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxonasi fondida saqlanayotgan “Katta Langar Qur’oni”ning ikki sahifasi ham namoyish qilindi.
“Katta Langar Qur’oni” sahifalari Fransiyadan Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yil 23 mart kuni yetib keldi. Bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgach, sahifalar joylashtirilgan quti ichki ishlar xodimlari hamrohligi va kuzatuvida Diniy idora kutubxonasiga yetkazildi.
Sahifalarni qabul qilish jarayonida ularning asl nusxaligi va yaxshi saqlangan holatda yetib kelgani ma’lum bo‘ldi va doimiy saqlov xonasiga joylashtirildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-