Magistraturaga kimlar imtihonsiz qabul qilinadi? 

Magistraturaga kimlar imtihonsiz qabul qilinadi? 
Magistraturaga kimlar imtihonsiz qabul qilinadi?

     Xuddi bakalavrdagi kabi ayrim abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar magistraturada ham bor.  Qator toifadagi talabalar magistraturaga imtihonsiz grant asosida o‘qishga kiradi:

    -  Prezidentning davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari;

    - Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari;

     -  "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohiblari; fan olimpiadasi g‘oliblari;

     -  Ta’lim vazirligi o‘tkazadigan fan olimpiadasi g‘oliblari

        Faqat bir sharti mukofotlar beradigan imtiyozda undan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgor talaba bo‘lishi yoki oliy ta’limning bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lishi kerak. Imtiyoz bilan o‘qishga kiradiganlar umumiy kvotadan tashqari magistraturaga qabul qilinadi. Ya’ni ular boshqalarga xalaqit bermaydi.

  Ma'lumot uchun:  Bu yil magistraturaga faqat bir marta qabul bo‘ladi. O‘tgan yildagidek qishda ham imkoniyat bo‘lmaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-