Samarqandda O‘zbekistondagi birinchi turizm mahallasi ochildi

Samarqandda O‘zbekistondagi birinchi turizm mahallasi ochildi

Samarqandda O‘zbekistondagi birinchi turizm mahallasi ochildi


O‘zbekistonda birinchi marta Samarqand shahrida turizm mahallasi ochildi – u yerdagi “Bog‘i baland” mahallasiga “turizm mahallasi” maqomi berildi.
Ta’kidlash joizki, yangi turizm mahallasi hududida 15 ta dam olish maskani mavjud bo‘lib, sayyohlar uchun yo‘l ko‘rsatkichlari, stella va bog‘ xaritasi o‘rnatilgan.
Shu bilan birga, turizm mahallasida anjir va anjir mahsulotlaridan tayyorlangan shirinliklar, quritilgan va konservalangan mahsulotlar savdosi, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etildi. Ma’lumot uchun, Samarqanddagi "Bog‘i baland" Sohibqiron Аmir Temur asos solgan va bugungacha saqlanib qolgan mashhur bog‘lardan biridir. Ayni damda bog‘ hududidagi avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan 40 gektarlik bog‘da 10 mingdan ortiq sariq va qora anjir daraxtlari yetishtiriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-