Endi AQSH talaba vizasini olishda talabgorning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari ham tekshiriladi
Ushbu tartib kechadan e’tiboran kuchga kirgan bo‘lib, u F (ta’lim), M (akademik bo‘lmagan va kasbiy ta’lim), J (almashinuv dasturlari) turdagi vizalar olishda amal qiladi.
Unga ko‘ra, viza olishga da’vogardan barcha ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi maxfiylik sozlamalarini “ommaviy” holatga o‘tkazish so‘raladi. Ya’ni “qulf” osilgan profillarni ochib qo‘yish kerak.
Vizaga murojaat etish uchun to‘ldirilgan DS-160 formasida, murojaatchilar so‘nggi 5 yil mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda foydalangan barcha ismlar va taxalluslarini kiritishlari talab etiladi.
Formani imzolab yuborishdan avval, murojaatchilar to‘ldirilgan DS-160 formadagi barcha ma’lumot to‘g‘ri va haqqoniy ekanligini tasdiqlashlari zarur.
Ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq ma’lumotni kiritmaslik viza murojaati bo‘yicha rad javobi berilishiga hamda kelgusida viza olish huquqidan mahrum bo‘lishga olib kelishi mumkin.