Saudiya Arabistoni O'zbekistonga 50 dona brayl alifbosida chop etilgan Qur'oni Karim taqdim etdi
Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da'vat va hidoyat vazirligi O'zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligiga brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qur'oni Karim kitoblarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Texnik-hamkorlik va grantlar asosida qabul qilingan ushbu muborak kitoblar O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyatiga taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Mazkur beg'araz yordam shaklida berilgan kitoblar 15 ming AQSh dollariga teng.