Futbolda ko'k kartochka paydo bo'lishi mumkin
Xalqaro futbol kengashi (IFAB) futbolda ko‘k kartochkalarni joriy etishga qaror qildi.
Raqibning hujumini ataylab buzgan yoki hakam bilan tortishganlik uchun ko‘k kartochka beriladi. «Uni olgan futbolchi 10 daqiqaga maydondan chetlatiladi. Agar o‘yinchi ikkita ko‘k yoki sariq va ko‘k olsa, u qizil kartochka bilan maydondan chetlatiladi. Yangi kartani sariq va qizil rangdan aniq ajratib turishi uchun to‘q ko‘k rang tanlangan», – deb xabar beradi The Telegraph.
FIFA tashkiloti xabariga ko‘ra, Uels futbol assosiatsiyasi (Angliya) joriy mavsumda yangi kartalardan foydalanishni rejalashtirgan, biroq hozircha ruxsat olmagan. Ushbu yangilikni sinovdan o‘tkazish birinchi navbatda quyi ligalardan boshlanadi.
«FIFA futbolning yuqori ligalarida «ko‘k kartochka» tartibini joriy qilish haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri va erta ekaniga aniqlik kiritadi. Yangi qoidalar avvalo quyi saviyalarda sinovdan o‘tkazilishi kerak», - deyiladi tashkilot bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, futbolda sariq va qizil kartochkalar 1970 yilgi jahon chempionatida paydo bo‘lgan.