Olimlar koronavirus inson miyasini 20 yilga qaritishini aniqladi

Olimlar koronavirus inson miyasini 20 yilga qaritishini aniqladi
Liverpul universiteti olimlari koronavirus inson miyasini 20 yilga qaritishini aniqladi. Bu haqda Medscape jurnali xabar berdi.

Pandemiyaning dastlabki yillaridan boshlab shifokorlar bemorlarning “miyasida tuman” kuzatilishini aniqlagan. Jumladan, kasallikdan davolangan odamlarda xotira, charchoq va diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Koronavirusdan tuzalganlarning 46 foizi shunday asoratlar bilan yuzlashgan. Buni aniqlash uchun mutaxassislar COVID-19 dan tuzalgan 351 nafar bemor ishtirokida test o‘tkazgan. Ular qon namunasini topshirgan va miya tekshiruvidan o‘tgan. Natijada mutaxassislar miyaning diqqatni jamlash bilan bog‘liq sohalari qisqarganini aniqlagan. Biomarker testi travmatik miya shikastlanishiga mos keladigan o‘zgarishlarni ko‘rsatgan.
Olimlarning fikricha, bu miyaning 20 yilga qarishiga teng keladi. Infeksiyaning bunday ta’siri qaytarilishi mumkinmi yoki yo‘qligi haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-