Vengriyada uchdan ortiq farzandi bor ayollar soliqdan umrbod ozod qilinadi

Vengriyada uchdan ortiq farzandi bor ayollar soliqdan umrbod ozod qilinadi
Vengriyada ayollar to‘rt yoki undan ortiq farzandi bo‘lsa, umrbod soliqdan ozod qilinadi. Bu 2015-yilda boshlangan iqtisodiy rag‘batlantirish paketining bir qismi bo‘lib, ayollarni ko‘proq farzand ko‘rishga undaydi. Bu haqda The National News xabar berdi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tug‘ilish darajasini mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan masala deb e’lon qildi. Vengriyada, boshqa ko‘plab rivojlangan mamlakatlar singari, aholi soni kamayib bormoqda, tug‘ilish darajasi har bir ayolga atigi 1,45 bolani tashkil etadi, bu aholi sonini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan 2,1 dan ancha past.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-